Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qanday ko‘nikmalar yaxshi ish topishda yordam beradi?

Qanday ko‘nikmalar yaxshi ish topishda yordam beradi?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistondagi ish beruvchilar orasida eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Garvard va Yel universitetining Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi iqtisodchilari D.Deming va L.Kan (2017), 2010-2015 yillardagi BGT ma’lumotlariga asoslanib, ko‘nikmalarga bo‘lgan talabning o‘zgarishini o‘rgandi.

Ular kalit so‘zlardan foydalanib, o‘nta guruhdan iborat malaka tasnifini taklif qildi. Ushbu tasniflagich turli sohalarda talab qilinadigan shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni, shuningdek, har bir kasb uchun alohida talab qilinadigan kasb malakasini o‘z ichiga oladi.

Olimlar ko‘nikmalarni to‘ldirib, ijtimoiy malakaga talab ortib borayotgani, malaka talabining tashkilotlar va faoliyat turlari bo‘yicha ish haqiga ta’sirini regressiyalar yordamida aniqladi. Ular o‘z tadqiqotida yuqori maoshli mehnat bozorlari va firmalar o‘z xodimlaridan yuqori darajadagi kognitiv va ijtimoiy ko‘nikmalarni talab qilishini isbotladi.

PMTI ekspertlari O‘zbekistondagi ish beruvchilar orasida eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalarni aniqlash uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga oid  ma’lumotlar bazasi o‘rganib chiqdi.

Ushbu tadqiqotda PMTI mutaxassislari Head Hunter ma’lumotlar bazasidan foydalandi. Mazkur ma’lumotlar bazasida O‘zbekistonning 12 mingga yaqin kompaniyasi va 370 mingga yaqin ish qidiruvchining rezyumelari ro‘yxatga olingan. Bu esa ish beruvchilar va ish qidiruvchilar tomonidan unga bo‘lgan ishonchdan dalolat beradi.

O‘rganish vaqtida ma’lumotlar bazasida 4 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari qayd etildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

  • bo‘sh ish o‘rinlarining 28 foizida ijtimoiy ko‘nikmalar, ya’ni jamoada ishlash, muzokaralar olib borish, yaxshi nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qilish kabi ko‘nikmalarning talab etilishi ma’lum bo‘ldi;
  • vakansiyalarning 18,3 foizida chet tillarini (asosan ingliz tilini) bilish talabi ko‘rsatilgan;
  • vakansiyalarning 15,2 foizida shahsiy ko‘nikmalar, ya’ni mas’uliyat, stressga chidamlilik, ijodkorlik, motivatsiya, yetakchilik fazilatlarini talab etilmoqda, shuningdek, kompyuter savodxonligi ham eng ko‘p talab qilinuvchi ko‘nikma ekanligi ma’lum bo‘ldi (bo‘sh ish o‘rinlarining 12,5 foizida so‘ralgan)
  • bo‘sh ish o‘rinlarining 86 foizida ish qidiruvchilardan kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lish talab qilingan;
  • bo‘sh ish o‘rinlarining 11,3 foizida oliy ma’lumotli bo‘lish so‘ralgan.                                   

Shuningdek, ekonometrik tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagilar aniqlandi:

  • moliyaviy, kompyuterga ixtisoslashgan, kognitiv, mijozga yo‘naltirilgan, xodimlarni boshqarish, ijtimoiy ko‘nikmalar, rus, o‘zbek va ingliz tillarini bilish muhim ahamiyatga ega.

Quyidagi ko‘nikmalar natijaning ijobiy bo‘lishida yordam beradi: moliyaviy (34%), hisoblash (8,6%), kognitiv (20%), mijozlarga yo‘naltirilgan (21%), xodimlarni boshqarish (33%) va ingliz tilini bilish (25%)

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring