Propiska endi yo‘q, o‘rniga boshqa so‘z birikmasi o‘ylab topildi
Bugun 17-fevral kuni Xalqaro press-klubning «Davlat dasturi loyihasining davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, sud-huquq sohasini isloh qilish, xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohalaridagi dolzarb tadbirlari» mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda press-klub kanali xabar qilmoqda.
Unda ishtirok etgan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov propiska masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
«Propiska - eskidan qolib ketgan tizim. 2011-yildan hozirga qadar Toshkent viloyatida 76 mingdan ziyod fuqaro, Toshkent shahrida esa 200 ming fuqaro doimiy propiskaga o‘tgan. Endilikda propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga «qayd etish» so‘z birikmasi ishlatiladi»,-dedi IIV vaziri o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga murojaatnomasida propiska tizimi haqida gapirib, «30 yil davomida o‘z fuqarolarimiz oyog‘iga kishan urdik» deya ta’kidlagan edi.
Shundan so‘ng, deputat, Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov propiskani diskriminatsiya deb atadi, shuningdek, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham bu masala tez orada uzil-kesil hal etilishini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter