Prezidentlik saylovida betarafligini e’lon qilgan Washington Post 200 ming obunachisidan ayrildi
Prezidentlik saylovida nomzodlarning hech birini qo‘llamasligini e’lon qilgan Washington Post gazetasi obunachilari soni keskin qisqardi. National Public Radio (NPR) xabariga ko‘ra, gazeta bayonotidan so‘ng bir haftada 200 mingdan ortiq o‘quvchi obunachilar safini tark etgan.
Moliyaviy qiyinchiliklar bilan kurashayotgan gazeta uchun bu qattiq zarba bo‘ldi. AQShning yirik gazetalari orasida, New York Times va Wall Street Journaldan so‘ng, Washington Post uchinchi o‘rinda turadi. O‘tgan yil yakunida Washington Post obunchachilari soni 2,5 mln nafar atrofida bo‘lib, ularning ko‘pchiligi nashrning onlayn o‘quvchilari edi.
So‘nggi o‘n yilliklar mobaynida Washington Post Demokratik partiya nomzodlarini qo‘llab kelgan. Ko‘pchilik nashr Kamala Harris foydasiga maqolalar chiqarishini kutgandi, ammo bu gal gazeta tanlov ixtiyorini mushtariylarga qoldirdi.
Mish-mishlarga ko‘ra, Washington Postning «betaraflik siyosati» gazeta egasi — Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosning qarori bo‘lishi mumkin. U 2013-yilda gazetani 250 million dollarga sotib olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter