Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtning qaysi hududlarida uy ijarasi arzonligi aytildi

Poytaxtning qaysi hududlarida uy ijarasi arzonligi aytildi

Aprel oyida poytaxtning ijara bozori yana pasayish dinamikasini ko‘rsatdi. Xarid qilish faolligi 4,6 foizga kamayib, 1 kvadrat metr uy-joy narxi 8,3 dollarni tashkil etdi.

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining navbatdagi sharhida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi yuqori shakllangan va har kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara haqi 10,4 dollarni tashkil etadi.

Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarida esa nisbatan arzon ijara uy-joylari saqlanib qolmoqda, bu hududlarda o‘rtacha ijara narxi har kvadrat metr uchun 6,3 dollarni tashkil etadi.

Markaz tahlillari o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan Toshkent shahrida ijara bozori 6,9 foizga qisqarganini ko‘rsatgan. Shunday qilib, narxlarning eng ko‘p pasaygan hududlar Yashnobod (11,6 foiz), Yakkasaroy (11,1 foiz) va Shayxontohur (10,5 foiz) tumanlari bo‘lgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring