Poytaxtning ikki ko‘chasi ayrim qismlari 20 kunga yopildi
Toshkent shahar Chilonzor tumani hududida o‘tuvchi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlarida joriy yilning 10-dekabriga qadar harakat cheklanadi.
Poytaxt elektr tarmoqlari korxonasi xabariga ko‘ra, bu Chilonzor tumanining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur ishlar ma’lum hududda yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqazo qiladi.
Shu sababli, joriy yilning 22-noyabr kuni soat 00:00 dan 10-dekabr kuniga qadar:
- Furqat ko‘chasining Beshyog‘och maydonidan Seul ko‘chasi keshishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalishi;
- Beshyog‘och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismida ikki tomonlama yo‘nalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi.
Ko‘rsatilgan davr mobaynida harakat ishtirokchilaridan boshqa muqobil yo‘llardan foydalanishlari tavsiya qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter