Politico: NATO davlatlari bir qarorga keldi
NATOning barcha 32 davlati Gollandiya bosh vaziri Mark Ryutteni tashkilot bosh kotibi sifatida ish boshlashiga rozi.
Politico nashriga ko‘ra, rasmiy tayinlov iyul oyida Vashingtonda o‘tkaziladigan sammitda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, unda NATO yetakchilari alyansning 75 yilligini nishonlash uchun ishtirok etadi.
Bosh kotibning vakolat muddati 5 yil bo‘ladi.
Nashrning yozishicha, janob Ryutte tashkilot uchun muhim pallada NATO rahbariyatini qabul qiladi. U 2 oktyabrdan ish boshlashi kerak. Qayd etilishicha, uning lavozimdagi asosiy vazifalari barcha ittifoq mamlakatlari uchun mudofaa xarajatlarini YaIMning 2 foizigacha oshirishdan iborat bo‘ladi. NATO hisob-kitoblariga ko‘ra, alyansdagi 32 davlatdan faqat 23 tasi harbiy xarajatlar bo‘yicha belgilangan rejani bajargan.
Ryutte Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlariga bir oy qolganda bosh kotib sifatida ish boshlaydi. Ular, nashrning ta’kidlashicha, «harbiy ittifoq taqdirini hal qiladi». Saylov kampaniyasi chog‘ida Donald Tramp agar u qayta saylansa, Amerikaning Ukrainaga ko‘rsatayotgan qo‘llab-quvvatlashini kamaytirish va NATOga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan tahdid qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter