Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonda rossiyalik uchuvchilar boshqaruvidagi vertolyot halokatga uchradi

Pokistonda rossiyalik uchuvchilar boshqaruvidagi vertolyot halokatga uchradi

Foto: Mash telegram-kanali

Pokiston shimolida, Haybar-Paxtunxva viloyatining Shimoliy Vaziriston tumanida rossiyalik uchuvchilar boshqaruvidagi Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Vertolyotda 11 yo‘lovchi bo‘lgan.

Kamida 6 kishi halok bo‘lgan, 8 kishi jarohat olgan, deyiladi xabarda.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, vertolyot neft qidirish va qazib olish bilan shug‘ullanuvchi Mari Petroleum kompaniyasi tomonidan ijaraga olingan bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, neft koni tomon uchayotgan vertolyotda texnik nosozlik boshlangan. Uchuvchilar vertolyotni qo‘ndirishga urinishgan, biroq uchoqning dum qismi parragi yerga urilib, vertolyot ag‘darilib ketgan.

Mari Petroleum vakillari vertolyotning motori ishlamay qolgani haqida bayonot berishdi. Qutqaruvchilar jabrlanganlarni yaqinda joylashgan shifoxonalarga yetkazishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring