Parij-2024. AQSh terma jamoasi bayroqdori sensatsion tarzda yengildi
AQSh terma jamoasining Parij olimpiadasidagi bayroqdorlaridan biri, dunyoning ikkinchi raketkasi Kori Gauff tennis bahslarining 1/4 finaliga chiqa olmadi.
Uchinchi davrada 20 yoshli Gauff xorvatiyalik raqibi, dunyoning 21-raketkasi Donna Vekichga 6:7 (7:9), 2:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Vekich navbatdagi bosqichda Mariya Sakkari (Gretsiya) – Marta Kostyuk (Ukraina) juftligi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter