Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tennis umringizni 10 yilgacha uzaytiradi — daniyalik olimlar

Tennis umringizni 10 yilgacha uzaytiradi — daniyalik olimlar

Serbiyalik tennis yulduzi Novak Jokovich.

Foto: Getty Images

Daniyalik olimlarning fikricha, tennis bilan shug‘ullanish inson umrini 10 yilgacha uzaytirar ekan. Bu haqda Fortune nashri xabar berdi.

Bu o‘yin insonning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilaydi, muttasil shug‘ullanish semirish va yurak kasalliklari xavfini kamaytirib, suyaklarni mustahkamlaydi. Haftasiga 3 soat tennis o‘ynash — yurak muammosi xavfini 50 foizgacha qisqartiradi.

Yana bir tadqiqotga ko‘ra, tennis salomatlikka foydasi bo‘yicha futbol, velosport va hatto yugurishdan ham ustun turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring