Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozodbek Nazarbekov yana bir lavozimni egalladi

Ozodbek Nazarbekov yana bir lavozimni egalladi

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Endilikda Madaniyat vaziri rektorlik faoliyatini ham birgalikda davom ettiradi.

Ilgariroq Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasasi shaklida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etilishi ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring