Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zmilliybank Xitoy davlat tarraqiyot bankining 2 milliard yuan kredit liniyasini jalb qildi

O‘zmilliybank Xitoy davlat tarraqiyot bankining 2 milliard yuan kredit liniyasini jalb qildi

Joriy yilning 25 iyunida Kozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) Banklararo birlashmasi kengashining XX yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ShHTga a’zo davlatlarning moliya institutlari, jumladan Xindiston infratuzilmani moliyalashtirish kompaniyasi, Qozog‘iston tarraqiyot banki, Xitoy davlat tarraqiyot banki, Kirg‘iz Respublikasining OAJ «Eldik bank», Pokistonning Xabib Banki, VEB.RF davlat tarraqiyot korporatsiyasi, Tojikistoning DUK «Amonatbonk jamg‘arma banki» va O‘zmilliybank ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli tadbir doirasida «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank» AJ (keyingi o‘rinlarda - O‘zmilliybank) va Xitoy davlat tarraqiyot banki (keyingi o‘rinlarda - XDTB) o‘rtasida 2 milliard Xitoy yuani miqdorida kredit liniyasini jalb qilish yuzasidan kelishuv imzolandi.

Ushbu kredit liniya birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 20 may kuni xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid yig‘ilishda bergan topshiriqlarini so‘zsiz bajarishga va iqtisodiyotimizning turli tarmoqlaridagi muhim loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarni ta’minlaydi. Bu esa mamlakatning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, XDTB kredit liniyasi:

- kichik va o‘rta biznes loyihalarini qo‘llab quvvatlashga;
- aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirishga hamda
- ikki mamlakatning o‘zaro savdo hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur kredit liniyaning afzalligi moliyalashtirishning foiz stavkasi jozibadorligi hamda Xitoy bilan savdo aloqalarida milliy valyutalardan foydalanish, valyuta ayirboshlash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirib, savdo aylanmasining kengayishiga olib keladi.

Ma’lumotnoma: Xitoy davlat tarraqiyot banki 1994 yilda tashkil etilgan. Bosh ofisi Pekin shahrida joylashgan. XDTBning asosiy maqsadlari: yirik sanoat tarmoqlari va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan davlat loyihalarini moliyalashtirish; iqtisodiy rivojlanish va strategik tarkibiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash; markaziy hukumatning makroiqtisodiy siyosatini tartibga solish.

Bank kapitali: 236,3 mlrd. doll., aktivlari 2,9 trln. doll., sof foydasi 12,3 mlrd. doll.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring