Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» ko‘pchilik kutgan xabarni e’lon qildi

«O‘zgidromet» ko‘pchilik kutgan xabarni e’lon qildi

Kelayotgan haftaning boshida, 4-6 mart kunlari harorat +15 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda «O‘zgidromet»  ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 martda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 5 martda kechasi -2...-7 daraja, kunduzi +8...+13 daraja, 6 martda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 martda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 5 martda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 6 martda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida 4 martda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 5 martda kechasi -2...-7 daraja, kunduzi +8...+13 daraja, 6 martda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-5 martda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 martda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +4...+9 daraja, 5 martda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +8...+13 daraja, 6 martda kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 martda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-5 martda -0...-5 daraja, 6 martda -2...+3 daraja, kunduzi 4 martda +5...+10 daraja, 5-6 martda +10...+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda. Harorat 4 martda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, 5 martda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja, 6 martda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4 martda kechasi -7...-12 daraja, kunduzi -0...-5 daraja, 5-6 martda kechasi -3...-8 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring