Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun kunduzi ko‘p hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Bugun kunduzi ko‘p hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Foto: Xabar. uz

Bugun kunduzi  ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Xorazm viloyatida ertalab va kechga tomon Qashqadaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol  3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanadi. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining  tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv  toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi,  ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring