Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Abdusalomov bugun tongda Koreya Respublikasi poytaxtiga keldi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA.

40 yoshli A.Abdusalomov Seulga tayinlanishidan avval O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Kotibiyatiga rahbarlik qilgan.

Diplomat Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti va Janubiy Koreyaning Kyong-Xi universitetini bitirgan.

Alisher Abdusalomov kasbiy faoliyatini O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boshlab, yetakchi mutaxassislikdan Bosh boshqarma boshlig‘igacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Uning faoliyatida diplomatik xizmat ham muhim o‘rin tutadi. Xususan, u 2013-2016 yillarda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, 2018-2024 yillarda esa Janubiy Koreyada ham ushbu lavozimda ishlagan.

Alisher Abdusalomov 1995-yildan 2024-yilgacha qisqa tanaffus bilan O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Vitaliy Fen o‘rniga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Fen 2024-yil 18-iyunda 77 yoshida vafot etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring