Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana bir nomdagi stipendiya joriy qilinadi

O‘zbekistonda yana bir nomdagi stipendiya joriy qilinadi

2023-yil 1-yanvardan O‘zbekiston OTMlaridagi jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi. Bu borada joriy yil 3 noyabrda Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Belgilanishicha, Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga 1993-yil 5-fevraldagi «O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi PF-555-son Farmonida belgilangan talablar asosida tayinlanadi.

Shunga ko‘ra, Sportni rivojlantirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda Bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi qayd etilmoqda.

Ma’lumot uchun, Prezidentning mazkur qarori jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish maqsadida qabul qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring