Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda eng iliq qishlardan biri kuzatildi — «O‘zgidromet»

O‘zbekistonda eng iliq qishlardan biri kuzatildi — «O‘zgidromet»

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati O‘zbekistonda o‘tgan qish faslining iqlimiy tavsifini e’lon qildi.

O‘zbekistonda 2024-yilning fevral oyida harorat tartibi turli xil bo‘ldi. Oyning birinchi yarmi (1−4-fevral) juda iliq bo‘lib, u me’yordan o‘rtacha 7−8 darajaga, shimoliy hududlarda esa me’yordan 10−12 daraja issiqroq bo‘ldi.

Ayrim kunlarda maksimal havo harorati, hatto respublikaning shimolida ham +20…+23 darajaga, janubiy viloyatlarda esa +24…+26 darajaga yetdi.

Iqlimiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunday harorat qishning oxiriga qaraganda bahorning o‘rtalariga xos bo‘ldi. Ammo meteorologik kuzatuvlar tarixida fevral oyida havo harorati +25…+27 darajagacha, janubda +29…+32 darajagacha ko‘tarilgan yillar ham kuzatilgan.

16−17 fevral kunlari sovuq arktika havosining kirib kelishi natijasida harorat foni keskin pasaydi va oyning ikkinchi yarmi esa me’yordan o‘rtacha 5 darajaga sovuqroq bo‘ldi.

Ushbu davrning eng sovuq kechalarida havo harorati −5…−10 darajagacha, janubda 0…-4 darajagacha, shimolda −12…−15 darajagacha pasaydi.

Fevral oyida bunday harorat qiymatlari odatiy hodisadir. Hatto, ushbu asrda ham kechalari harorat −15…−20, shimolda −25…−30 darajagacha pasaygan fevral oylari kuzatilgan.

Bu yilning fevral oyida o‘rtacha oylik harorat respublika hududining katta qismida o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi. O‘zbekistonning shimolida fevral oyi iqlimiy me’yordan 1,5−2 darajaga iliqroq bo‘ldi.

O‘zbekiston hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yorga yaqin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Qizilqum shimolida me’yorga nisbatan kam (30 foizdan kam) bo‘ldi. Oyning iliq davrida (5-fevraldan 15-fevralgacha) yog‘ingarchilik kam bo‘lib, tekislik hududlarda esa faqat jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatildi.

Oyning boshida va uning ikkinchi yarmida asosan jadalligi kuchliroq bo‘lgan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik tez-tez kuzatildi. Ushbu davrda respublikaning tekislik hududlarida qor qoplami shakllandi. Qor qoplamli kunlar soniga ko‘ra, fevral oyi o‘tgan qishda eng qorli bo‘ldi.

Tog‘li hududlarda qor qoplami oy davom saqlanib turdi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘larida oy oxiriga qor balandligi 70−115 santimetrni, Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida 30−50 santimetrni tashkil etdi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga mos, ammo o‘tgan yilning fevral oyi oxiriga nisbatan 15−25 foizga kam bo‘ldi.

2023−2024-yillarning qish mavsumi iliq bo‘lib, o‘rtacha mavsumiy havo harorati iqlimiy me’yordan 1,5−2,6 darajaga yuqori bo‘ldi.

Yanvar oyi o‘tgan qishning manfiy anomaliyasiga asosiy hissa qo‘shdi. Hududning katta qismida (respublika shimolidan tashqari) 2024-yilning yanvar oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uchligiga kirdi.

O‘tgan oyda o‘rtacha oylik havo harorati iqlimiy me’yordan 3−4 darajaga, shimolda 1−2 darajaga ko‘p bo‘ldi.

Dekabr ham iliq bo‘ldi. Ikkinchi o‘n yillikda sezilarli sovuq to‘lqinlariga qaramay, dekabr oyida o‘rtacha oylik harorat me’yoriy qiymatlardan 1,5−2 darajaga, janubdagi 2,5−3 darajaga yuqori bo‘ldi.

Fevral oyining harorat tartibi esa o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga mos bo‘ldi.

Hududning katta qismida o‘tgan qish uchun eng past havo harorati 2023-yil dekabr oyida kuzatildi. Toshkentda dekabr oyining minimal harorati -15,9 daraja qayd etildi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring