Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda tarvuz narxi rekord darajada arzonlayapti – EastFruit

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda tarvuz narxi rekord darajada arzonlayapti – EastFruit

O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi tarvuz bozori hozirda jiddiy muammolarga duch kelmoqda.

Bu haqda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning sabzavot, meva, rezavor va yong‘oq bozorlari haqida ma’lumot tarqatuvchi EastFruit portali tahlilchilari mahalliy dehqonlarga tayanib xabar bermoqda.

Portal ulgurji narxlar monitoringida O‘zbekiston bozorida yangi tarvuzlarning ulgurji narxlari rekord darajada pasayib, kilogrammi 8 sent (O‘zbekiston Markaziy bankining 23 iyul sanasiga belgilagan kursiga ko‘ra – 1007 so‘m)ga yetganini yozmoqda.

«Bu narx tanlab olingan, bozorga yetkazib berilgan va sotuvga qo‘yilgan tarvuzlarga tegishli.

O‘zbekistonda tarvuzga talabning deyarli yo‘qligi va narxlarning pasayishiga sabab bo‘layotgan asosiy omil ularni birlamchi bozor – Rossiyaga eksport qilishning foydasizligidir. Rossiyada ham tarvuz narxi rekord darajaga tushib ketdi, hozirgi ulgurji narx taxminan ularni O‘zbekistondan olib o‘tish narxiga teng», – deyiladi yuioridagi manba ma’lumotida.

Qayd etilishicha, bu mavsumda O‘zbekistondan Sharqiy Yevropa va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tarvuz eksport qilish bu hududlarda ham xuddi shunday past narxlar tufayli qiyin. Masalan, ukrainalik dehqonlar ham mavsum boshidanoq narxlarning pasayishini boshdan kechirishgan.

«Binobarin, Ukraina va O‘zbekistondagi tarvuzlar o‘rtasidagi narx farqi transport xarajatlarini qoplamaydi. Qolaversa, Yevropa Ittifoqi davlatlari O‘zbekistondan import qilishdan ko‘ra, Ukrainadan arzon tarvuz sotib olishni tejamliroq deb hisoblaydi», – deya tushuntiradi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) sarmoya bo‘limi iqtisodchisi Andriy Yarmak. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring