Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda

Foto:«Uzreport.news»

O‘zbekiston va Hindiston Respublikasi aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviqatnovlarni «International Air Travel Bubble» bitimi asosida amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lumot berdi. 

Joriy yilning mart oyidan boshlab, «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish boshlanadi.

Parvozlar 5-mart sanasidan haftasiga ikki marotaba seshanba va juma kunlari bajarilishi ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Germaniya  bilan parvozlar tiklanayotgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring