Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

Bahraynning Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. 92 mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirokida kechgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqa yakunida yigitlarimiz medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. G‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:

-109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab ko‘tarish, jahon rekordi)

-109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash)

-109 kg: Sharofiddin Amriddinov (dast ko‘tarish)

Kumush medal:

-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko‘tarish)

Bronza medal:

-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash)

-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov (dast ko‘tarish)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring