O‘zbekiston o‘tgan yili Malayziyaga 6 mln dollarlik mahsulot eksport qilgan

2017-2024 yillar davomida O‘zbekistonning Malayziya bilan tovar ayirboshlash hajmi 1,6 barobar 65,5 mln dollardan 102,4 mln dollargacha o‘sib, eksport 1,3 barobarga, import esa 1,6 barobarga oshgan.
Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan 8 yil davomida O‘zbekistonning Malayziyaga eksportining asosiy tovarlari kimyoviy o‘g‘itlar va xizmatlar, importi esa palma yog‘i, hayvonot va o‘simlik moylari, kimyoviy va yuvish vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bo‘lgan.
Jumladan, 2024-yilda O‘zbekiston eksporti 6 million dollarni tashkil etdi, shundan 41 foizini oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, sabzavot, dukkakli va mevalar, 55 foizini kimyoviy moddalar, xususan, o‘g‘itlar tashkil etdi.
Malayziyadan import hajmi 96,4 million dollarni tashkil etdi, shundan 23 foizi kakao kukuni, kofe ekstrakti, souslar va qandolat mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri keldi.
Shuningdek:
- hayvon va o‘simlik yog‘lari, jumladan palma va kakos yog‘i – 44 foiz;
- yuvish vositalari va spirtli aralashmalar – 14 foiz;
- mashina va transport uskunalari – 9 foiz;
- transport xizmatlari – 4 foiz;
- tibbiy mahsulotlar – 2,1 foizni tashkil etdi.
2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Malayziya investitsiyasi ishtirokidagi 36 ta korxona ro‘yxatga olingan.
2017-2024 yillarda Malayziyadan O‘zbekistonga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy hajmi 12,9 million dollarni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter