O‘zbekiston ilk bor Kiprga elchi tayinladi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rim shahrida joylashgan) Kipr prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Kipr Respublikasi yetakchisi xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimidagi nutqida yangi elchilarni samimiy qutlab, ularga o‘z vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shishiga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yil 30-mayda o‘rnatilgan.
Abat Fayzullayev Kiprga tayinlangan O‘zbekistonning birinchi elchisi bo‘ldi. U 2023-yil oktyabr oyida O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter