O‘zbekiston hududida kuchsiz yer qimirlashi qayd etildi
Bugun 19 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 17:09 da (19.06.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 12:09 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, zilzila koordinatalari: 41,58 gradus shimoliy kenglik; 71,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 170 km shimoliy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball, 43 km.
- Kosonsoy tumanida 2 ball, 53 km.
- Chust tumanida 2 ball, 59 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter