Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Hindiston: farmatsevtika sohasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston-Hindiston: farmatsevtika sohasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 28-30-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Hindistonda ishchi tashrif bilan bo‘lib, mamlakatning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar, muzokaralar va davra suhbatlari o‘tkazdilar.

Tashrifning birinchi kunida delegatsiya tarkibida Hindistonga tashrif buyurgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev va Agentlik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Botir Xudayberdiyev bir qator yetakchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdilar.

Xususan, Hindistonning Avantika  Medex Pvt.Ltd kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvda tomonlar farmatsevtika sohasida hamkorlik va tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar va mezbon tomon O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish bo‘yicha Memorandum imzolandi.

Ma’lumot uchun: Avantika  Medex Pvt.Ltd kompaniyasi turli yo‘nalishdagi 30 dan ortiq dori vositalarini, xususan, virusga qarshi, yallig‘lanishga qarshi dorilarni va onkologik preparatlarni ishlab chiqaradi. Kompaniyaning ishlab chiqarish liniyasi GMP talablariga mos keladi.

Shu kunning o‘zida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari Realcade Lifescience Pvt.Ltd rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Uchrashuvda mamlakatimiz farmatsevtika sanoatining savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati masalalari muhokama qilindi. Kompaniya rahbariyati O‘zbekiston Respublikasida mavjud qulay investitsiya muhiti to‘g‘risida batafsil ma’lumot olganidan so‘ng, investitsiya sohasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Ma’lumot uchun: Realcade Lifescience Pvt.Ltd Gujaratdagi infuzion eritmalar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya.

Biologik faol qo‘shimchalariga asoslangan dori-darmonlarning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Zoetic Pvt.Ltd kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbon tomon mamlakatimizning farmatsevtika sohasidagi salohiyati bilan yaqindan tanishdi va O‘zbekistondagi xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan imtiyoz va sharoitlarga qiziqish bildirdi.  

Tashrifning keyingi kuni  Gujarat farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari davlat assotsiatsiyasi raisi doktor Viranchi Shox boshchiligidagi uyushma a’zolari bilan davra suhbati uyushtirildi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev mezbon tomon bilan Hindiston va O‘zbekiston farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Agentlik vakillari O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sanoatining investitsion salohiyati to‘g‘risida taqdimot o‘tkazishdi. Hindistonlik mutaxassislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, xususan, mamlakatimizda mavjud farmatsevtika erkin iqtisodiy xududlari, savdo bozori va mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari borasida ma’lumot. Uchrashuv yakunida farmatsevtika sohasida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi va Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish liniyasini tashkil etish bo‘yicha Memorandum imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring