O‘zbekiston amaldagi jahon chempioni bilan o‘ynadi
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida amaldagi jahon va Yevropa chempioni Portugaliya bilan bahs olib bordi.
O‘yinda hisob so‘nggi daqiqalarda yirik ko‘rinish oldi, portugallar dabl penaltilardan unumli foydalanishdi. O‘zbekistonning yagona goliga 17-daqiqada Abror Ahmetziyanov mualliflik qildi.
Futzal. O‘rtoqlik o‘yini
Portugaliya — O‘zbekiston 4:1
16 avgust. Portugaliya
O‘zbekiston — Abbos Elmurodov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Fazliddin Botirov, Ravshan Eliboyev, Sunnat Anvarov, Muzaffar Ahadjonov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo‘rayev, Dilshod Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Akbar Usmonov, Abror Ahmetziyanov, Mehroj Xudoyberdiyev, Samariddin Berkinov.
O‘zbekiston futzal termasi Portugaliya yig‘inida Angola bilan ham o‘rtoqlik bahslari o‘tkazgandi (1:6, 2:1).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter