Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Vengriyaning Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Murosasiz bahslarda g‘oliblik Hindiston jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, AQSh grossmeysterlari kumush medallar bilan taqdirlanishdi.

Individual yo‘nalishlarda ham yurtdoshlarimiz sovrinlarga ega chiqishdi:

  • Shamsiddin Vohidov (4-taxta)
  • Nodirbek Abdusattorov (1-taxta)
  • Nodira Nodirjonova (5-taxta)

Qayd etish joiz, hamyurtlarimiz 2 yil muqaddam Hindistonda o‘tgan Olimpiadada chempionlikka erishgan edi. Shu tariqa, jamoamiz qatorasiga ikkinchi bor sovrindor bo‘lmoqda. Endi yana 2 yildan so‘ng dunyoning eng kuchli grossmeysterlari O‘zbekiston mezbonlik qiladigan navbatdagi Olimpiadada jam bo‘lishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring