Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rtacho‘lda kam ta’minlangan oila yo‘q. Sababi nimada?

O‘rtacho‘lda kam ta’minlangan oila yo‘q. Sababi nimada?

Cho‘l hududida yashashning o‘ziga yarasha noqulay jihatlari ko‘p. Ammo, chorvachilik, dehqonchilik bilan kun kechiradigan aholi uchun keng yaylov va dalalardan qulay hudud yo‘q. Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi O‘rtacho‘l hududi ancha mashhur. Bu yerda odamlar cho‘l sharoitida paxta va g‘alla yetishtirishi, chorvachilikda qora mol boqib turmushi farovonligini ta’minlaydilar. Surishtirganimizda «O‘rtacho‘l»da yashovchi oilalarning orasida kam ta’minlangani yo‘qligini aniqladik.

«Yangi hayot» massivida «Chaydaroz», «Zarbdor», «Yangiquduq», «Yangi turmush», «Yangi hayot» qishloqlarida 296 ta xonadon, 347 ta oila, 1318 aholi soni mavjud. Ammo dala shiyponlarida vaqtincha yashovchi aholi bilan O‘rtacho‘lda 2000 nafardan ortiq odam istiqomat qiladi. Hudud cho‘lda joylashgan bo‘lsada, 2 ta qishloqqa tabiiy gaz quvurlari o‘tkazilgan. Qolgan qishloqlarga suyultirilgan gaz balonlari yetkazib beriladi. Qishloqda 180 o‘rinli maktab, qishloq vrachlik punkti mavjud.

Bejizga bu manzilga mobil avtobus yo‘l olmadi. Boisi xalqning davlat xizmati bo‘lgan ehtiyoji o‘rganildi. Tuman markazidan 45-50 kilometrda joylashgan O‘rtacho‘lda Qiziltepa tumani Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari mobil ofisda har bir qishloq hududida tizim faoliyati yuzasidan huquqiy tushunchalar berdilar va davlat xizmati ko‘rsatdilar. Joyida aholining boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari ham yozib olindi. Mazkur sayyor xizmat kun davomida amalga oshirildi. Fuqarolarga 48 ta davlat xizmati ko‘rsatildi. 2 ta oilaviy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

«Yangi hayot» mahallasi raisi Matluba Norovaning ta’kidlashicha, bugun aholining yechimtalab muammolari ham yo‘q emas. Bugun mazkur hududda bolalar bog‘chasi yo‘q, hatto uy bog‘chalari ham mavjud emas, o‘tgan asrning 80 yillarida asfaltlangan yo‘l muammosi bor. Aloqa tizim yo‘q, O‘rtacho‘lda hech yo‘qsa biror bir kompaniyaning stansiyasi o‘z qurilmasini o‘rnatsa maqsadga muvoifq bo‘lardi. Aholining asosiy muammosi uy-joy, mulk va turar joylarni kadastri xususida bo‘ldi.

Shaxob Haydarov,
Qiziltepa tumani DXM direktori

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring