Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin o‘ziga xos yangi valyutaga aylanmoqda — WGC

Oltin o‘ziga xos yangi valyutaga aylanmoqda — WGC

Illyustrativ foto

2024-yil uchinchi choragida jahonda oltinga talab tarixda birinchi marta 100 mlrd dollarlik dovondan oshdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council, WGC) bayonot berdi.

O‘tgan yilga nisbatan misli ko‘rilmagan 35 foizlik o‘sish qator omillar — markaziy banklar va boy investorlar tomonidan faol xaridlar, foiz stavkalari pasayishi, geosiyosiy mavhumlik, portfellar diversifikatsiyasi va boshqalar bilan bog‘liq.

Jismoniy hajm bo‘yicha oltinga umumiy talab, jumladan, birjadan tashqari investitsiyalar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga o‘sib, 1 313 tonnani tashkil etdi. Qimmatbaho metall narxi shu yilning o‘zida 33 foizdan ko‘proq qimmatlab, rekord narxlar 30 martadan ziyodroq yangilandi.

«Iqtisodiy nobarqarorlik va geosiyosiy xatarlar sharoitida oltin o‘ziga xos yangi valyutaga aylanmoqda», — deyishmoqda WGC) tahlilchilari.

Uchinchi chorakda oltinning o‘rtacha narxi bir unsiyasi (28 gramm) uchun rekord — 2 474 dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgidan 28 foiz yuqori ko‘rsatkich.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring