Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin tinmay qimmatlashmoqda

Oltin tinmay qimmatlashmoqda

Foto: Getty Images

Oltin narxi payshanba kuni Chikago tovar birjasi (CME)dagi savdolarda tarixda birinchi marta (1 troya unsiyasi uchun) 2712,25 dollarga ko‘tarildi.

17-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:05 da Chikago birjasida dekabr oyi uchun oltin fyucherslari (bir unsiyasi uchun) $2711,05 dan sotilgan. Yil boshidan buyon ushbu qimmatbaho metall shartnomalari 30 foiz qimmatlashib, so‘nggi 14 yilda eng yuqori yillik o‘sishni namoyon etdi.

Oltin narxi 26-sentyabr kuni ilk marotaba (1 troya unsiyasi uchun) 2700 dollarlik dovondan oshgandi. Dunyoda iqtisodiy va geosiyosiy muvozanat buzilganida pullarni saqlashning eng ishonchli vositasi sanalgan oltin narxi qimmatlashishni boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring