«Olov - tilsiz yov»: «O‘zbektelekom» xodimlari uchun seminar tashkil etildi (video)
29-noyabr kuni «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi profilaktikasi to‘g‘risida ma’lumot berishdir.
Bir necha yillardan buyon har yili aynan qish mavsumi arafasida mamlakatimizda yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida «Yong‘in xavfsizligi oyligi» o‘tkazib kelinadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik S.Xikmatullayev «Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar tasnifi, ularni oldini olish va sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha telekommunikatsiya tarmoqlari xodimlarining xarakatlari» mavzusida ma’ruza o‘tdi.
Tadbir davomida yong‘inlar sodir bo‘lganda ishchi va xizmatchilarining o‘z xavfsizligini ta’minlash, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlari inshootlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish va sodir bo‘lganda bartaraf etish uchun tuziladigan ko‘ngilli yong‘in o‘chirish guruhlari (drujinalari) tarkibi va asbob-anjomlari, yong‘indan xabar berish tizimi va o‘t o‘chirish vositalari xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter