Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UZTELECOM MDHda eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator sifatida tan olindi

UZTELECOM MDHda eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator sifatida tan olindi

EUROPE 2022 GCCM — Berlin konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. To‘qqizinchi marotaba o‘tkazilgan an’anaviy yillik koferensiyada dunyoning 188 ta telekommunikatsiya kompaniyasidan 800 dan ortiq vakil qatnashdi.

Ishtirokchilar biznesni rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini o‘rganishdi, bozordagi so‘nggi trendlarni muhokama qilishdi va o‘zlarining yangi mahsulotlarini taqdim etishdi. Forum doirasida CC-GLOBAL AWARDS mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi.

320 dan ortiq mehmonni jamlagan Alte Münze eksklyuziv tadbirida g‘oliblar o‘z yutuqlarini nishonladilar.

Boshqa sovrindorlar qatorida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «MDH davlatlari orasida eng yaxshi rivojlanayotgan mintaqaviy operator» nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

CC-Global Awards (CCGA) jahonning yirik aloqa operatorlari va ekotizim hamkorlarining innovatsiyalari va yutuqlari uchun beriladigan mukofot bo‘lib, g‘oliblar mustaqil hakamlar hay’ati — telekommunikatsiya yo‘nalishi tahlilchilari va soha mutaxassislaridan iborat hay’at tomonidan  baholanadi.

2022-yilning may oyi oxirida «O‘zbektelekom» AK har yili o‘tkaziladigan «Yil brendi» milliy tanlovida «Aloqa» nominatsiyasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganini ham alohida ta’kidlash joiz. 2020-yilda kompaniya internet-provayderlar o‘rtasida «Yil brendi» nominatsiyasida ham g‘olib bo‘lgan.

2021-yilda «O‘zbektelekom» AK Toshkent reklama festivali (TAF!)da «UZTELECOMga sodiqlikni qanday oshirish mumkin» loyihasi bilan «Komyuniti, uyushmalar, sodiqlik dasturlarini yaratish» nominatsiyasida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot uchun:

Carrier Community (CC) — bu dunyo miqyosidagi telekommunikatsiya operatorlari klubi bo‘lib, yirik aloqa provayderlari va ekotizim bo‘yicha hamkorlar uchun eksklyuziv global sohaviy, brending va tarmoq netvorking platformasidir.

2008-yilda yo‘lga qo‘yilgandan beri Carrier Community 120 dan ortiq mamlakatlarda 2 300 dan ortiq operatorlarni ifodalovchi 8000 dan ortiq a’zolarga ega. Korporativ a’zolar asosan mobil, muqobil va kichik operatsion kompaniyalarda bosh direktor, vitse-prezident, direktor va menejerlar lavozimlarida faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring