Olmaliqda bog‘cha bolasini kaltaklagan tarbiyachiga «hayfsan» berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi bo‘lgan bola kaltaklangani haqida video tarqaldi.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida aniqlanishicha, fuqaro S.S (ayol) 2020 yilda tug‘ilgan farzandi MTMda tarbiyachi tomonidan kaltaklanganligi to‘g‘risidagi ariza bilan 17 dekabr kuni murojaat qilgan.
Buning asosida joriy yilning 22 dekabr kuni (videokameradagi qaydlar tekshiruvi asosida) Olmaliq shahar 19-sonli maktabgacha ta’lim muasasasi tarbiyachisi D.Q tarbiyalanuvchi S.A (2020 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) ga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.S ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Shu bilan birga, kasbiy majburiyatlarini buzgan tarbiyachi D.Q ga nisbatan «Hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
Tergovga qadar tekshiruvi natijasiga ko‘ra holatga huquqiy baho berilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter