Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar eng qo‘rqinchli dahshatli filmlarni aniqlashdi

Olimlar eng qo‘rqinchli dahshatli filmlarni aniqlashdi

Foto: «Bizarrewizard.livejournal.com»

Britaniyaning «Broadbandchoices» kompaniyasi tadqiqot o‘tkazib, eng qo‘rqinchli dahshatli filmlarni aniqladi. Bu haqda «Forbes» jurnali xabar berdi.

Tajribada 50 nafar katta yoshli odam ishtirok etgan. Ular qariyb 100 soat davomida har turli dahshatli filmlarni tomosha qilishdi. Shu vaqt davomida olimlar ko‘ngillilarning yurak ko‘rsatkichlarini kuzatib borishdi. Jumladan, tajriba paytida IMDB, Rotten Tomatoes va Reddit talqiniga ko‘ra eng yuqori reytingga ega 35 ta dahshatli film namoyish etildi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, tomoshabinlar rejissyor Skott Derriksonning «Sinister» (2012-yil) filmidan ko‘proq ta’sirlanishgan. Me’yorda daqiqasiga 65 ta uradigan tomir ushbu filmni tomosha qilish paytida 86 tagacha ura boshlagan.

Eng qo‘rqinchli filmlar reytingida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni rejissyor Jeyms Vanning «Astral» (2010 yil) hamda «La’nat» (2013-yil) filmlari egalladi.

Eng qo‘rqinchli o‘nta filmga, shuningdek, «Reinkarnatsiya» (2018-yil, rejissyor Ari Aster), «Paranormal hodisa» (2007-yil, rejissyor Oren Peli), «U» (2014-yil, rejissyor Andres Musketti), «La’nat-2» (2016-yil, rejissyor Jeyms Van), «Babaduk» (2014-yil, rejissyor Jennifer Kent), «Tushish» (2005-yil, rejissyor Nil Marshal) va «Vizit» (2015-yil, rejissyor M. Nayt Shyamalan) kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring