Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ogohlik da’vati: Prezidentning BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasidagi nutqini o‘qib

Ogohlik da’vati: Prezidentning BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasidagi nutqini o‘qib

Illyustrativ foto

(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP 29)dagi nutqini o‘qib)

Global mohiyatga ega bo‘lgan nutqlar o‘zining zalvorli maqsadi, xalqaro masalalarga daxldorligi bilan ajralib turadi. Unda da’vat va maslahat, tahlil va taklif hukmron bo‘ladi.

Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasidagi nutqi bunga yaqqol misoldir.

Nutq Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorlik va zamonaviy iqlim tahdidlariga qarshi kurashish yo‘lida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlash e’tirofi bilan boshlandi.

Iqlim o‘zgarishlari bugungi kunda asosiy global tahdidga aylanib borayotgani, geosiyosiy ziddiyatlar kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgani kuzatilmoqda.  Iqlim o‘zgarishlari butun dunyo bo‘ylab bir qancha ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Bu asosan quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  1. Havo haroratining oshishi; Iqlim o‘zgarishi bilan havo harorati global miqyosda ortib bormoqda. Bu global isishga olib kelib, aholining salomatligiga ta’sir qiladi, shuningdek, qishki mavsumlar qisqarishiga va qish jadalligining pasayishiga sabab bo‘ladi.
  2. Qo‘rquvli tabiiy ofatlar; Iqlim o‘zgarishi kuchli qo‘rquvli tabiiy ofatlar (davomli suv toshqini, qurg‘oqchilik kabilar) tez-tez sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu ofatlar odamlar uchun juda katta fojialarga, shu jumladan, yo‘qolishlar va iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
  3. Tabiiy resurslarning yo‘qolishi; Iqlim o‘zgarishi tabiiy resurslarga (masalan, suv va oziq-ovqat) ta’sir ko‘rsatadi. Qurg‘oqchilik yoki suv zaruriyatlari ortishi suv resurslarini qisqartishi, shuningdek, yuqori haroratlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taqchilligini keltirib chiqaradi.
  4. Turli hududlardagi farqlar; Iqlim o‘zgarishi kambag‘al va infratuzilmasi zaif mamlakatlarda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu mamlakatlarda tabiiy ofatlar, suv tanqisligi va qishloq xo‘jaligi samaradorligining yo‘qolishi odamlarning turmush darajasini yanada pasaytiradi va migratsiyaga olib keladi.
  5. Biologik turlilikning yo‘qolishi; Iqlim o‘zgarishi ko‘plab o‘simliklar va hayvonlar turlarining yo‘qolishini tezlashtiradi. Mikro va makro ekologik tizimlarda muvozanat buzilishi, biologik turlilikning yo‘qolishi dunyodagi ekotizim ishlashini buzishi mumkin.
  6. Iqtisodiy ta’sirlar; Iqlim o‘zgarishi iqtisodiy sohalarga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, transport va energetika sohalaridagi katta yo‘qotishlar, shuningdek, tabiiy ofatlardan kelib chiqadigan zararlar iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi.
  7. Aholi migratsiyasi; Iqlim o‘zgarishi odamlarning turmush sharoitlari buzilishiga sabab bo‘lib, ularni yashab turgan joylarini tark etishga majbur etadi. Bu migratsiya ham ijtimoiy, ham iqtisodiy muammolarga olib kelishi mumkin, chunki har bir hududning resursi chegaralangan bo‘lishi mumkin.
  8. Suv tozaligi va havo sifati; Suv va havoning ifloslanishi salomatlik masalalarida muammolarni keltirib chiqaradi, xususan, allergiya va nafas yo‘llari kasalliklarining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mana, ko‘ryapsizmi, bitta muammo yana qanchadan-qancha muammolarni izidan ergashtirib keladi. Shuning uchun ham bu BMT doirasida ko‘rilishi va qo‘yilishi bejizga emas.

Prezidentimiz o‘z nutqida bu borada rejalashtirilgan ishlarni birma-bir qayd etdi.

«Yashil» energetika ulushini 40 foizgacha oshiramiz. Elektromobil va «yashil» vodorod klasterlari, quyosh va shamol generatsiya xablarini yaratyapmiz. «Yashil makon» dasturimiz doirasida ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytiryapmiz.

Qo‘shni mamlakatlar bilan Mintaqaviy iqlim strategiyasini hayotga tatbiq qilmoqdamiz. Shu kunlari Yevropaga «yashil» energiya yetkazish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimni imzolaymiz».

Tabiiyki, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun xalqaro hamkorlik va samarali siyosatlar, shuningdek, barqaror energiya manbalariga o‘tish, yoki barqaror resurslarni boshqarish kabi choralar talab qilinadi.

Shuning uchun ham davlatimiz rahbari bu bilan bog‘liq hal etiladigan masalalarni ham ko‘ndalang qo‘ydi va takliflar kiritdi.

Iqlim tufayli yo‘qotish va zararlarni baholash bo‘yicha xalqaro markaz ta’sis etish, BMT shafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani ishlab chiqish, ko‘p tomonlama yetakchi tuzilmalar ishtirokida o‘simliklarning iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish uchun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini ishga tushirish, iqlim o‘zgarishlaridan zarar ko‘rayotgan megapolis va shaharlarning barqaror rivojlanishi bo‘yicha ilg‘or bilim va amaliyotlar transferi uchun Jahon iqlim poytaxtlari alyansini tashkil etishni va uning birinchi forumini Toshkentda o‘tkazish va hokazo. 

Prezident nutqi mukammal, puxta ishlangani, konkret masalalar va takliflar qo‘yilgani bilan Kengash ishtirokchilarining nutqidan keskin farqlanib turdi.

Unda e’tirof etilganidek, O‘zbekiston umumiy farovonlik va «yashil» taraqqiyot yo‘lida ochiq muloqot va sheriklikka doim tayyor bo‘lgan xalqning xitobi o‘rnida yangradi.

Har qanday ogohlik va hushyorlik aslida har qanday xavf va kulfatlarning oldini olish ekanini ushbu nutq yana bir karra isbot etdi.

Rahimboy Jumaniyozov,
«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti professori

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring