Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlari uchun qamoqda jazo o‘tayotganlarga ham saylovda ishtirok etish huquqi berilyapti

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlari uchun qamoqda jazo o‘tayotganlarga ham saylovda ishtirok etish huquqi berilyapti

Prezident tomonidan imzolangan joriy yil 28-avgustdagi O‘RQ-948-son qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquq va qonuniy manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishga doir o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishiga, sha’ni va kadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga), Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlandi.

Shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning (agarda sud ularning saylov va referendumlarda qatnashish huquqini cheklamagan bo‘lsa) saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga bo‘lgan huquqi belgilanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring