Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uni to‘xtatish imkonsiz edi»: Nazarboyev ilk bor nabirasi o‘limi haqida gapirdi

«Uni to‘xtatish imkonsiz edi»: Nazarboyev  ilk bor nabirasi o‘limi haqida gapirdi

Foto:«Bars.media»

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ilk bor nabirasi Aysulton Nazarboyevning vafoti voqeasiga to‘xtaldi. Sobiq davlat rahbari bu haqda «Xabar» telekanalida namoyish etilgan hujjatli filmda gapirgan. 

«Bu yil bir nabiramni yo‘qotdik, u menga juda o‘xshardi. Bu voqea juda afsuslanarli», - dedi Nazarboyev. Aysultan Moskva va Londonda davolangan. «Uni hech kim tuzatolmadi,  chunki yomon ishning quliga aylangandi, ushlab qolish imkonsiz edi» - deydi Elboshi suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Aysultan Nazarboyev 2020 yil avgust oyida Londonda vafot etdi. O‘limidan avval u giyohvandlikdan davolangan, Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘rab, jamoatchilik e’tiboriga tushgandi.

Aysultan Qozog‘iston Birinchi prezidentining katta qizi Darig‘a Nazarboyeva va kuyovi marhum Rohat Aliyevning o‘g‘li edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring