Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov amerikalik shaxmatchiga imkon bermadi

Nodirbek Abdusattorov amerikalik shaxmatchiga imkon bermadi

«Tata Steel Chess-2023» turnirida Nodirbek Abdusattorov biroz avval yakunlangan bellashuvda amerikalik Uesli So bilan murosa ko‘chasini tanladi.

Tajribali Uesli So hamyurtimizning taqibchilaridan biri edi. AQShlik shaxmatchi g‘alaba qozongan taqdirda Nodirbekka yetib olishi mumkin edi. Ammo hamyurtimiz bunga imkon bermadi.

12-turda ham durang qayd etgan Nodirbek ochkolarini 8 taga yetkazib, guruh peshqadamligini saqlab turibdi.

Qolgan juftliklardagi bahslar davom etmoqda.

Musobaqa ertaga yakunlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring