Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nigeriya harbiylari 200 dan ortiq o‘g‘irlangan bolalarni qutqarishdi

Nigeriya harbiylari 200 dan ortiq o‘g‘irlangan bolalarni qutqarishdi

Foto: Reuters

Nigeriya harbiylari mart oyi boshlarida Kaduna shtatida o‘g‘irlab ketilgan 200 dan ziyod bolalarni ozod qilishdi, deb xabar berdi Reuters.

«Mahalliy hokimliklar va hukumat muassasalari bilan butun mamlakat bo‘ylab hamkorlikda harbiylar qidiruv-qutqaruv amaliyoti o‘tkazib, 24-mart erta tongida garovdagilarni ozod qilishdi», — deya bayonot berdi armiya rasmiy vakili, general-mayor Edvard Buba.

Mart oyi boshida mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Kaduna shtatida qurolli shaxslar davlat maktabiga hujum qilib, 230 nafar o‘quvchini o‘g‘irlab ketgandi.

Bolalarni ozod qilish amaliyoti tafsilotlari haqida general ma’lumot bermadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring