Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda eng katta muammolardan biri — ekologiya. Viloyatda keskin o‘zgarishlar qilinadi

Navoiyda eng katta muammolardan biri — ekologiya. Viloyatda keskin o‘zgarishlar qilinadi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun Navoiyda bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyatda ekologiya bo‘yicha vaziyat og‘ir ekanini ta’kidlab o‘tdi.

«Navoiyning og‘ir iqlim sharoitida ishlab kelayotgan odamlarimiz salomatligini asrash maqsadida, viloyatda «yashil hududlar»ni ko‘paytirish ishlari izchil davom ettiriladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, viloyatda quyidagi ishlar amalga oshiriladi.

- Viloyatdagi barcha shahar va tumanlar markazida jami 500 gektar yashil maydonlar va jamoat parklari tashkil etiladi.
- Uchquduq tumani, Navoiy va Zarafshon shaharlarida har yili kamida 100 ming tupdan mevali va manzarali daraxtlar ekiladi hamda «yashil belbog‘» yaratiladi.
- Konimex, Tomdi va Uchquduqda jami 100 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» barpo qilinadi.
- Shu bilan birga, Tomdida 55 ming gektar maydonda «Oqtog‘» va Uchquduqda 1,2 million gektar maydonda «Markaziy Qizilqum» qo‘riqxonalari tashkil etiladi.
- Sanoat korxonalarining atmosfera havosiga zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida alohida dastur qabul qilinadi.
- 600 dan ortiq chang tozalash uskunalari o‘rnatiladi va modernizatsiya qilinadi. Bu orqali, havoga chiqindilar 25 foizga kamaytiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring