NATO bosh kotibi qachon iste’foga chiqishini aytdi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning vakolat muddati shu yilning oktyabrida tugaydi. Bu haqda uning o‘zi brifingda ma’lum qildi.
«NATO bosh kotibi bo‘lish — sharafli, ayniqsa, bu murakkab davrda. Ammo hamma narsaning intihosi bor, mening vakolatlarim oktyabrda tugaydi», — dedi u.
Alyans yangi nomzodni tanlashga yaqin. Stoltenbergning o‘zi (Niderlandiya bosh vaziri) Mark Ryutteni yaxshi nomzod, dedi.
Stoltenberg NATO bosh kotibi lavozimida 2014-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Uning birinchi vakolat muddati 2022-yil 1-oktyabrida yakuniga yetishi kerak edi, biroq NATO mamlakatlari yetakchilari 2022-yil martidagi sammitda uning mandatini 2023-yilning 30-sentyabrigacha uzaytirishgan, keyinroq bu muddat 2024-yil 1-oktyabriga qadar cho‘zilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter