Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vaziri xalqidan kechirim so‘radi — Janubiy Koreya

Mudofaa vaziri xalqidan kechirim so‘radi — Janubiy Koreya

Foto: DW

Janubiy Koreya mudofaa vaziri Li Chjon Sop Shimoliy Koreyaning chegarani buzib kirgan uchuvchisiz boshqariladigan uchoqlarini urib tushirish muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun mamlakat fuqarolaridan kechirim so‘radi.

26-dekabr kuni beshta bunday qurilma Janubiy Koreya havo kengliklariga sezdirmasdan uchib o‘tgan. Ularning bittasi deyarli poytaxt Seulgacha yetib borgan.

Shimoliy Koreya dronlarining qanoti kengligi ikki metrgacha bo‘lgan. Ularni urib tushirish uchun janubliklar qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar va boshqa vositalarni ishga solishdi. Besh soat davom etgan harbiy amaliyot chog‘ida dronlarga qarata 20 millimetrli qurollardan 100 ga yaqin o‘q uzilgan, biroq nishon urilmagan.

Koreya Respublikasi dronlarga qarshi samaraliroq kurashish uchun 2027-yilgacha to‘rtta loyihaga 441 mln dollar ajratishni mo‘ljallayapti. Radarlar va lazer qurollar sifatini yaxshilash kerakligi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring