Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

«Misha, chuchvara otmen»: shahar shunchalik bedarvozami?

«Misha, chuchvara otmen»: shahar shunchalik bedarvozami?

Foto: Xabar.uz

Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev raisligida sport sohasiga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tgan edi. Unda aholi o‘rtasida sportni targ‘ib qilish, keng jamoatchilikni sport bilan shug‘ullanish ko‘rsatkichini oshirish bo‘yicha ham mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shu haqda kanalimda post chiqarganimdan keyin, ko‘pchilikdan to‘xtab qolgan 1hls loyihasi qachon ishga tushishi haqida savollar kelib tushdi. Savollarga javob tayyorlayotgan paytim kutilmaganda bir syurprizga ko‘zim tushdi.

Tadaaaam: piyoda yurgan fuqarolarni moddiy rag‘batlantirishga oid Prezident farmoni bandi 1 yarim oy oldin, aniqrog‘i 2022 yil 6 apreldagi PF-98-sonli Prezident farmoni bilan bekor qilib yuborilgan ekan!

Ana syuprizu, mana syurpriiiiz. Ana kir yuvadig‘on moshinayu, mana tilbizooor.

Yuz minglab fuqarolarga taalluqli loyiha bekor qilinar ekanu, lekin 1 yarim oydan buyon bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi lom-mim deb izoh bermas ekan, qoyil, mana ochiqligu, ana ochiqlik. Yoki izoh berildiyu, men ko‘rmay qoldimmi? Unda oldindan uzr.

O‘zi joriy yil boshida, aniqrog‘i 15 yanvar kuni PF-6099-sonli Prezident farmoniga o‘zgarish kiritilib, har kuni 10 ming qadam piyoda yurganlarga 3 ming so‘m berish tizimi to‘xtatilgandi. O‘sha paytda yangi tizim joriy qilinib, har hafta 100 mln so‘m va mingta velosiped berilishi va’da qilingandi.

Oradan 3 oy o‘tar o‘tmas, Prezident farmoniga yana bir marta o‘zgarish kiritilib, endi piyoda yurganlarni rag‘batlantirish tizimi butunlay chiqarib tashlandi.

Faqat meni bir narsaga sira aqlim yetmayapti. Bu tizimni bekor qilishning jo‘yali va asoslangan konkret sababi nima? Bunaqa taklifni ishlab chiqqan va yuqori rahbariyatni ishontira olgan Sportni rivojlantirish vazirligining maqsadi nima bo‘lgan o‘zi?

Shaxsan menda 2 ta variant bor:

Birinchisi, budjetda pul yetmay qolgan. Ammo bu ishonchsiz variant. Sportga trillionlab pul sarflanayotgan bir paytda piyoda yuradigan aholiga berish uchun yiliga taxminan 100 mlrd so‘m pul topilmasligi uyat.

Ikkinchisi, yangi tashkil etilgan Sportni rivojlantirish vazirligi rahbariyati bunaqa tizim uchun boshini qotirib, o‘zini qiynagisi kelmagan va tinchgina uni butunlay bekor qilib qo‘ya qolishni afzal bilgan. Bu variant birinchisidan ham uyatliroq.

Chunki piyoda yurganlarga pul berish tashabbusi shaxsan Shavkat Mirziyoyevga tegishli edi. Prezident bir necha bor yig‘ilishlarda ushbu tizim boshqa davlatlarda yo‘qligi, tizim o‘zini oqlayotgani, aholini shu orqali piyoda yurishga o‘rgatib, salomatlik bilan bog‘liq ko‘plab muammolarga yechim topish mumkinligini ta’kidlagandi.

Kimlarnidir ishlagisi kelmagani uchun, yoki aholiga berishga yiliga qanchadir mablag‘ topilmagani uchun Prezident tashabbusi o‘z-o‘zidan, jamoatchilikka hech bir izoh va tushuntirish bermasdan bekor qilib yuborilaveradimi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring