Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik sportchi bir kunda 100 km masofaga piyoda yuradi

O‘zbekistonlik sportchi bir kunda 100 km masofaga piyoda yuradi

Bugun, 30 may kuni Toshkent bo‘ylab birinchi marotaba sutkalik piyoda yurishga start beriladi.

XAVFSIZ HARAKAT ijtimoiy loyihasi doirasida loyihaning targ‘ibot elchisi, triatlonchi Shavkat Musinov piyodalar uchun xavfsiz muhitga diqqat-e’tiborni jalb qilish maqsadida Toshkent shahri bo‘ylab 100 km masofani piyoda bosib o‘tadi. Yo‘nalish Toshkent shahrining barcha tumanlarini qamrab oladi, sportchi uni «skandinavcha (shimoliy) yurish» uslubida bosib o‘tadi.

Yo‘nalish davomida Shavkat Musinov poytaxtimiz aholisi uchun tashkillashtirilgan qulayliklarni hamda piyodalar har kuni to‘qnash keladigan muammolarni ham qayd etib boradi.

Shuningdek tadbirda Toshkent aholisi ham ishtirok etishi — yo‘lning har qanday bir bo‘lagini birga bosib o‘tish uchun sportchiga qo‘shilishi yoki o‘z izoh va sharhlarini XAVFSIZ HARAKAT telegram kanaliga yuborishi mumkin.

Yuz kilometrlik yurish yakunlariga ko‘ra Toshkent shahri hokimligi va Toshkent shahri IIBB bilan birga shahar muhitini yaxshilashga doir yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring