Maymunchechak qo‘l berib ko‘rishish orqali yuqadimi?
JSST Afrikadagi maymunchechak epidemiyasini xalqaro favqulodda holat deb e’lon qildi. Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Sergey Netesov qo‘l siqib ko‘rishish yoki yuvilmagan idishlar orqali kasallik yuqishi mumkinligiga izoh berdi.
Shifokorning aytishicha, maymunchechak bilan kasallangan kishi boshqa odam bilan qo‘l berib ko‘rishsa kasallik yuqadi. Ammo koronavirusdan farqli o‘laroq maymunchechak belgilari yaqqol ko‘rinib turadigan kasallikdir. Bu insonni ehtiyotkorlikka undaydi.
«Jurnalistlar maymunchechak qo‘l berib ko‘rishish orqali yuqadi deyishsa, bo‘rttirib yuborishadi. Agar qo‘llarda yaralar (chechak) bo‘lmasa, kasallik yuqishi dargumon. Ammo maymunchechak yuqtirgan kishi bilan ko‘rishsangiz, kasallik yuqishi ehtimoli katta. Ya’ni, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani talab qiladi», - deya tushuntirdi mutaxassis.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, maymunchechakning inkubatsiya davri besh-olti kun. Mutaxassis har qanday holatda ham virus faqat yaqin aloqa orqali yuqishini eslatdi.
«Agar yuvilmagan idishlar haqida gapiradigan bo‘lsak, yana yara bilan aloqa qilish kerak. Maymunchechakka chalingan odam yo‘talsa, havo orqali yuqish ehtimoli bor. Va bu eng xavotirli narsa», - deya qo‘shimcha qildi ekspert.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter