Mast holda mashina boshqarganlik uchun jarima miqdori oshirildi
![Mast holda mashina boshqarganlik uchun jarima miqdori oshirildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/920__95_3820611936.jpg)
2024 yilda O‘zbekiston yo‘llarida 2200 dan ortiq inson YTHlar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Mast holda mashina boshqargani uchun jazolangan 8 ming haydovchi takroran qoidabuzarlik sodir etgan.
Senat tasdiqlagan qonun bilan mast holda avtomobilni boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi:
- Birinchi marta qoidabuzarlik uchun jarima BHMning 25 barobaridan 40 barobarigacha oshiriladi (9,37 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha).
- Takroran qoidabuzarlik holatida 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish, 2–3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Qonunga muvofiq, transportda «agressiv boshqarish», «drift» va «shaxmat» shaklida harakatlanish kabi qoidabuzarliklar uchun ham javobgarlik belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter