Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonlik hunarmand: «Gilamlarimizning bir kvadrat metri 50 ming dollargacha sotiladi...»

Marg‘ilonlik hunarmand: «Gilamlarimizning bir kvadrat metri 50 ming dollargacha sotiladi...»

Ibrohimjon Sultonov.

Foto:«Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Marg‘ilondagi Hunarmandlar markaziga ham borgandi. 

Bu yerda usta Ibrohimjon Sultonov tashabbusi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida Hunarmandlar markazi qurilib, foydalanishga topshirilgan. 600 nafar usta faoliyat boshlab, 200 ortiq turdagi atlas va adras to‘qish, gilamchilik, maishiy xizmat, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 

Ibrohimjon Sultonov saytimiz jurnalisti bilan ham qisqa suhbat o‘tkazdi va faoliyati xususida gapirib o‘tdi. 

«Hunarmandchilik juda mashaqqatli soha. Masalan bir kilogramm ipakdan bir yil davomida ham gilam to‘qish mumkin. Aholini ish bilan ta’minlash ham qulay. 

Kredit olib, to‘qimachilik dastgohlarini o‘z qo‘limiz bilan yasaganmiz. Chunki bizga kerak dastgohlarni yasaydigan zavod O‘zbekistonda yo‘q. 1997 yildan beri o‘zimiz, 2005 yil Xitoy va Turkiya bilan hamkorlik asosida dastgohlar tayyorladik. O‘zimiz ham 5-10 yildan beri stanok yasayapmiz. 

2005-yilgacha ipak qurtini ham boqardik. Undan so‘ng, tayyor ipakni sotib olib mahsulot tayyorlashga o‘tdik»

Ibrohimjon Sultonov o‘zi senator bo‘lishiga qaramay, hunarmandchilikda suyagi qotgan. Mahsulotlarning asosiy qismi eksport (Turkiya)ga yo‘naltirilgan. 

Bir oyda 50 ming dollargacha daromad qilinadi. 

«Eng tez bitadigan mahsulotimiz ikki oyda tayyor bo‘ladi. Lekin yetti yilgacha ham bitta buyurtmani bitirish mumkin. Shundayam ikki-uchta to‘quvchi ishlaydi. 

Gilamlarni kvadrat metr o‘lchamida baholaymiz. Arzon gilamlarimiz bir kv.m narxi 2 ming dollar. Qimmat va nozik mahsulotlarimiz ham bor, ularning bir kv.metri 50 ming dollargacha sotilmoqda» -, deya ta’kidladi Ibrohimjon Sultonov. 

Foto:«Xabar.uz»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring