Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Volkswagen va Spark to‘qnashuvi o‘limga sabab bo‘ldi

Volkswagen va Spark to‘qnashuvi o‘limga sabab bo‘ldi

Foto: Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Marg‘ilon shahrida Volkswagen va Spark o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida 21 yoshli haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, mudhish YTH kecha, 19-aprel kuni sodir bo‘lgan. 1986-yilda tug‘ilgan haydovchi M.T. Volkswagen mashinasini Marg‘ilon shahrining N.Xolmatova ko‘chasida boshqarib borayotib, Spark bilan to‘qnashib ketgan. Spark haydovchisi, 2003-yilda tug‘ilgan M.M. olingan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring