Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktab o‘quvchisiga tarsaki tushirgan MG xodimi lavozimidan olindi

Maktab o‘quvchisiga tarsaki tushirgan MG xodimi lavozimidan olindi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi maktablarning birida ekanligi aytilgan holatga doir videtasvir tarqalgan edi. Videoyozuvda Milliy gvardiya xodimining maktab o‘quvchisining yuziga shapaloq tortib yuborgani aks etadi.

Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi axborot xizmati bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu holat haqiqatdan ham Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida joylashgan  49-maktabda sodir bo‘lgan.

«Mazkur holat yuzasidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilgani va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda aks etgan xodim hozirda egallab turgan lavozimidan chetlashtirilganligini ma’lum qilamiz», – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring