Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi

Majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Qonun (O‘RQ-558, 28.08.2019 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qonunga muvofiq:

  • nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilandi (hozirda ayollar uchun 17 yosh);
  • ma’muriy tartibda mehnatga jalb qilganlik uchun javobgarlik oshirilib, eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi (hozirda bir baravardan uch baravarigacha). Agar ushbu huquqbuzarlik takroran sodir etilsa eng kam ish haqining 30 baravaridan 100 baravarigacha jarima solinadi.
  • Voyaga yetmagan shaxsni majburiy mehnatga jalb etish eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha (hozirda besh baravaridan o‘n besh baravarigacha), agar bu huquqbuzarlik takroran sodir etilsa eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatni ma’muriy jazoga tortilgandan keyin takroran bajarmaslik eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Qonunning nikoh yoshi belgilanishiga oid qismi 2019-yilning 1-sentyabridan kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring