Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Los-Anjelesda yana yirik yong‘in boshlandi

Los-Anjelesda yana yirik yong‘in boshlandi

Los-Anjeles okrugining Kastaik ko‘li yaqinida yangi yirik yong‘in boshlandi, bu haqda 23 yanvar kuni Reuters agentligi xabar berdi.

«Atigi bir necha soat ichida yong‘in Los-Anjelesning Iton tumanini kulga aylantirgan dahshatli yong‘inning uchdan ikki qismi darajasida kattalashdi», — deyiladi xabarda.

Kuchli shamol hamda qurigan o‘simliklar ko‘pligi sababli yong‘in juda tez tarqalmoqda. «31 ming kishi xavfsiz joyga ko‘chiriladi, yana 23 ming kishi evakuatsiya qilinishi haqida ogohlantirildi», — dedi Los-Anjeles okrugi sherifi Robert Lun.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, yangi yong‘in maydoni 38 kvadrat kilometrga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, Los-Anjeles tarixida eng talafotli deyilgan avvalroq yuz bergan yong‘inlar oqibatida 24 kishi halok bo‘lgan, 16 kishi bedarak yo‘qolgan edi. Olovli ofat 250-275 mlrd dollar atrofida zarar yetkazgani taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring