Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

London politsiyachilarini koronavirus bilan qo‘rqitishgan

London politsiyachilarini koronavirus bilan qo‘rqitishgan

Foto: «AP Photo»

Pandemiya davrida London politsiyachilariga infeksiya yuqtirish niyatida yuz martalab yo‘talishgan va aksirishgan, uch nafar politsiya xodimi esa koronavirus tufayli vafot etgan, deya ma’lum qildi Skotland-Yard rahbari Kressida Dik.

«20-martdan (koronavirus bilan bog‘liq dastlabki cheklovlar e’lon qilinganda) 31-maygacha politsiya xodimlariga 900 marta hujum qilingan, jumladan, 100 ta holatda politsiyalarga qarab yo‘talishgan, tuflashgan, koronavirus bilan qo‘rqitishgan... Buni aytish juda achinarli, lekin COVID-19 tufayli uch nafar hamkasbimizdan ayrildik», — dedi Dik chorshanba kuni Londonda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘tal va tupukli 100 ta hujumdan 83 tasida yovuz niyatli kimsalarga ayblov e’lon qilingan, 14 tadan 13 tasi sudda ko‘rib chiqilib, ozodlikdan mahrum etilgan.

«Bular sudlarning bu kabi jinoyatlarga jiddiy munosabatda ekanligini tasdiqlaydi», — deb qo‘shib qo‘ygan Dik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring